Pavloniya bu noyob daraxt turi boʻlib, yilliga 5 metrdan 7 metrgacha boʻy choʻzishi mumkin. Qashqadaryo viloyatining 10 ta oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan joriy yilda 23 gektar maydonda pavloniya plantatsiyalari tashkil qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi tomonidan ham yil yakuniga qadar 400 ming dona pavloniya koʻchatlarini ekish topshiriq berilgan.
Maʼlumotlar koʻra, Qashqadaryoda viloyatida jami hozirgi kunda 261850 dona pavloniya nihollari ekilgan.
Nihol xonada ekkan urugʻlar kuzga qadar unib chiqadi, 400 ming rejani oshigʻi bilan bajaramiz, deya xabar beradi Qashqadaryo viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Maqsud Ahmedov.