Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.A. “S” fermer xoʻjaligi rahbari Oʻ.T. bilan oldindan til biriktirib, fermer xoʻjaligining omborxonasidagi 2 dona qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmogʻiga noqonuniy ulashi oqibatida 1 mlrd. 050 mln. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.









