Dehqonobod tumani Gʻoʻroti qishlogʻida yashovchi, 58 yoshli Xonbibi Esanova koʻp yillardan buyon tizza boʻgʻimi gonartrozi(yemirilishi)dan aziyat chekib kelgan. Yirik shaharlarda malakali mutaxassislarga koʻringan. Ammo keyingi yillarda davolanishlar deyarli samarasiz boʻlgan. Koʻp harakatlarir besamar ketgani bois, davo topishidan deyarli umidini uzgandi.
Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya va ortopediya boʻlimida tekshiruvlardan soʻng, unda “tizza boʻgʻimini endoprotezlash” operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Ayni paytda bemorning ahvoli juda yaxshi. Tez orada Xonbibi opa qoʻltiqtayoq yoki hassaga emas, oʻz oyoqlariga suyanadi