Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tumani boʻlimi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda fuqaro J.Ch. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 400 kg. goʻsht ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.