Hozirgi kunda viloyat boʻyicha 9 ta kanallarni betonlash boʻyicha respublika byudjetidan ajratilgan 100 mlrd. soʻm mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirildi, 50,6 km kanallar betonlashtirildi, 28,3 km qismi rekonstruksiya qilindi hamda 7 ta kanalda rejadagi ishlar yakunlandi.
Oʻz navbatida agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari tomonidan 857 km ichki sugʻorish tarmoqlari betonlashtirildi.
Bugun Xitoyning “CITIC Construction” va “China CAMC Engineering” kompaniyalari tomonidan viloyatdagi 26 ta (319,9 km) kanallarni betonlashtirish boʻyicha ishlar Koson tumani hududidan boshlandi. Yaʼni, vohamizdagi 331 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash uchun 11 ta tumandan oqib oʻtuvchi 26 ta, 319,9 km kanallar betonlanadi.
Maʼlumot uchun, loyihani amalga oshirilishi natijasida Kasbi, Kitob, Koson, Koʻkdala, Mirishkor, Muborak, Chiroqchi, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Qamashi va Qarshi tumanlaridagi 331 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilanadi hamda yiliga oʻrtacha 450 mln. kub metr suv va 81 mln. kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishiladi.
Loyihaga start berish tadbirida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev va viloyat hokimi Murotjon Azimov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.