Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov irrigatsiya tarmoqlarini betonlashtirish va taʼmirlashda yangi turdagi mahsulot boʻlgan geosintetik betonli kompozit materiallardan foydalanishni taklif etayotgan Buyuk Britaniyaning “United Concrete Canvas” kompaniyasi hammuassisi Ien Vudkok bilan uchrashdi.
Kompaniya mahsuloti suv oʻtkazmaydigan LLDPE membrana, ultrabinafsha nurlariga chidamli tashqi sirt, yuqori zichlikdagi chokli kompozit material, yengil va mustahkam beton qorishmadan foydalanilgan boʻlib, uni ariq va kanallarga oʻrnatish ham koʻp vaqt talab etmaydi.
Tomonlar muloqot davomida ushbu loyihani vohada amalga oshirishni avval tayyor mahsulotdan foydalanish va tez orada ishlab chiqarishni ham shu yerda amalga oshirish boʻyicha kengaytirilgan muzokaralarni oʻtkazishga kelishib olishdi.