Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, Darxon mahallasida yashovchi R.O. mas'ul idoralarning bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, ushbu hududda joylashgan “Kunjutlitepa” arxeologiya yodgorligini to'liq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd. so'mlik zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Yakkabog' tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yil 15 avgust kuni Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, sudning ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.
Madaniy meros obektlariga har qanday zarar yetkazish javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida yana bir bor eslatib o'tamiz, deb yozadi Bosh prokuratura.