Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar tibbiyot; taʼlim; energetika; qishloq xoʻjaligi; qurilish; ijtimoiy himoya; aholi bandligini taʼminlash yoʻnalishlar boʻyicha mobil ilovalarning prototiplarini taqdim etishlari lozim.
Loyihani baholashda ishlatiladigan asosiy mezonlar quyidagilardan iborat: jamiyat muammosini samarali hal etish, uning innovatsionligi va foydalanish qulayligi.
“mGov Kashkadarya” tanlovi Qashqadaryo viloyatining IT mutaxassislariga oʻzlarini namoyon etish, oʻz potensiallarini ochish va kelajakda asqotadigan kerakli koʻnikmalarni egallashga imkon beradi.
Barcha xohlovchilar, yoshidan qatʼiy nazar, ishtirok etishi mumkin.
Arizalar qabulining boshlanish sanasi: 2021-yil 24-may.
Arizalarni qabul qilish muddati: 2021-yil 22-iyun, deb xabar beradi IT-Park matbuot xizmati.