Qashqadaryoda nemislar bilan taʼlim tizimida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

    Kuni kecha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi vakillari bilan viloyatda kasb hunar taʼlim tizimda islohot va modernizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash, dual taʼlim tizimni takomillashtirish boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda viloyat Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi rahbariyati hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining viloyatdagi vakili va voha masʼullari ishtirok etdi.

    Oʻtkazilgan mazmunli davra suhbati natijasida, viloyatning kasb-hunar taʼlim tizimining yangilanishi va rivojlanishida Germaniya bilan hamkorlik oʻrnatish, tajriba almashish va oʻzaro taʼlimning yanada kuchayishiga imkon yaratilishi kutilmoqda. Bu borada tomonlar oʻz fikrlari bilan yaqindan oʻrtoqlashib, kelgusida qilinishi lozim boʻlgan loyihalar borasida kelishib olindi.