Zamonaviy elektr yuritmali aravachalar joylarda hamda xonadonlarning o'ziga borgan holda topshirilmoqda. Bu xayrli ish Qashqadaryo viloyat hokimligi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi hamda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi aravachalar Shahrisabz shahar, Chiroqchi, Yakkabog', Shahrisabz va Kitob tumanlarida berilgan bo'lsa, Koson tumanida ham aravachalar ayrim fuqarolarning uylarigacha yetkazildi.

Bu kabi ishlar bosqichma-bosqich boshqa tumandagi nogironligi bor fuqarolar uchun ham taqdim etilishi aytilmoqda.