Qashqadaryoda noqonuniy “mayning ferma“ tashkil etgan xonadon aniqlandi

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani boʻlimi, DXX va IIB kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. Qarshi shahri “Oqtepa“ MFY hududidagi xonadonida 3 toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 372 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.