Qashqadaryoda olimlar bilan hamkorlik yoʻq

    Fan 14 Noyabr 2020 2375

    Xalqaro press-klub “Qashqadaryo viloyati: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzuida sessiya oʻtkazdi.

    Sessiyada soʻz olgan Qashqadaryo viloyat hokimining maʼlumot berishicha, bu yil viloyatda birinchi marta 31 ming gektar yer maydoniga mosh ekilgan. Bu degani kamida 46,47 ming tonna hosil degani.

    — Bizga yillar davomida yopiq boʻlgan Hindiston va Xitoyni bozori mosh uchun Oʻzbekistonga ochildi. Birinchi marotaba ochildi. Biz buni qadriga yetishimiz kerak. Mosh uchun muammo yoʻq bu yil, — deydi Zoyir Mirzayev.

    Viloyat hokimi olib boriladigan ishlarning hammasi risoladagidek koʻringani bilan tagida ilm yoʻqligi, ilmiy yondashuv va olimlar bilan hamkorlik yoʻqligini taʼkidladi.

    — Bizda hattoki Don va dukkakli ekinlar ilmiy - tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali bor. Kim u bilan hamkorlik qilyapti degan savolga javob topish qiyin. Institut nima uchun tashkil qilingan? Nishon tumaniga borib, bu yerda olma boʻladi bu yerda uzum boʻlmaydi deb koʻrsatishi kerak emasmi?

    Bir Chiroqchining oʻzida 7400 gektar intensiv bogʻ qilish uchun Turkiyaga biz shartnoma uchun katta miqdoda pul toʻlab berdik. Turkiyaning 2 ta agronomi 3 yarim oy yurib bizga yerni boʻlib berdi,- deydi Zoyir Mirzayev.