Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan kuzatuv olib borayotganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 17-oktabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli oʻrta taʼlim maktabining algebra fani oʻqituvchisi M.M. (ayol) va 10 “B” sinf oʻquvchisi E.Oʻ. (2008-yilda tugʻilgan qiz) oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Ogʻzaki tortishuvdan soʻng oʻqituvchi M.M. oʻquvchi E.Oʻ. ni yuz sohasiga urgan, oʻquvchi qiz ham qoʻl koʻtarmoqchi boʻlganida birgalikda yiqilib tushishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.Oʻ. larning xatti-harakatlariga chora koʻrish uchun mazkur ish materiallari MJtKning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborildi.
Bu borada qoʻshimcha axborot berilishi aytildi.