Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda koʻrish mumkinki, Damas haydovchisi oʻzi bilan bir yoʻnalishda kelayotgan boshqa transport vositalari piyodaga yoʻl bersada, oʻtish joyidan oʻtayotgan oʻquvchini oʻtkazib yuborish oʻrniga uning ustiga tikka haydagan.
Bola esa gʻildirak ostida qolmaslik uchun oʻzini oldinga qarab otgan. Damas esa katta tezlikda uning yonginasidan oʻtib ketgan.
YHXX axborot xizmati xabar qilishicha, Damasʼning 68 yoshli haydovchisi topilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahri sudi tomonidan qoidabuzar haydovchiga nisbatan Jinoyat sudi tomonidan BHM ning 25 baravari miqdorida (10,3 mln soʻm) jarima va 1-yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.