Har yili aprel, may, iyun` oylarida yurtimizda ipak(pilla) urug'ini olib kelish, pilla qurti boqish hamda tayyor mahsulotlarni pillachilik korxonalariga yetkazib berish borasida keng ko'lamli ishlar olib boriladi. Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida ham ipak qurtini boqish boshlanib, bu borada jadal ishlar amalga oshirilmoqda, deyiladi hokimlik bergan xabarda.

Joriy yil vohada 40 172 quti ipak qurtini parvarishlab, 2 290 tonna (1544 tonna fermerlar va 746 tonna kasanachilar) pilla yetishtirish rejalashtirilgan.

Hozirda ipak qurtini tarqatish bilan birga, pilla boquvchilarga 12,1 milliard so'm avans mablag'lari tarqatildi.

Quvonarlisi, pillachilik sohasida yil davomida 93 465 nafar, shundan, 11 791 nafar doimiy va 81 674 nafar mavsumiy ish o'rni yaratiladi.