Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar pora bilan ushlandi

    Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 8-aprel kuni soat 16:10 larda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.

    Tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi boʻyicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.