Qayd etilishicha, 8-aprel kuni soat 16:10 larda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.

Tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi boʻyicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.