Qazish ishlari mobaynida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu yodgorlik oʻrnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga toʻla karvon yoʻli joylashgan boʻlgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi.
Mutaxassislarning taxminlariga koʻra, oʻsha kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi chigʻatoy davrining soʻnggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan boʻlgan. Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xoʻjalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor.
Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori boʻlgani haqida dastlabki xulosalarga keldilar.