Maʼlum boʻlishicha, “M” MCHJ mol bozorida 2 bosh qoʻylarini sotish evaziga oʻziga notanish boʻlgan shaxslardan olgan 2,1 mln soʻm pullardan 100 ming soʻm kupyuradagi 20 donasi qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.