баннер
1 Apr 2025
06:12

    Qashqadaryoda qariyb 2 mlrd soʻmlik elektrni talon-taroj qilgan fermer xoʻjaligi fosh etildi

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan fermer xoʻjaligi aniqlandi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani “Obron“ MFYda joylashgan “M. S.“ fermer xoʻjaligi 4 ta suv nasos qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech