Unda oʻzlarining mashaqqatli va fidokorona mehnatlari bilan viloyat ahlining farovon hayoti yoʻlida xizmat qilayotgan, yurtimizda sohani rivojiga hissa qoʻshayotgan qishloq xoʻjaligi fidoyilari ishtirok etishdi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan viloyat hokimi Murotjon Azimov soha vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, shuningdek, qishloq xoʻjalik xodimlarini erishgan muvaffaqiyatlari, sohadagi yutuqlari bilan qizgʻin tabrikladi.
Hosil bayramida agrar sohada fidoyilik namunasini koʻrsatayotgan bir guruh soha vakillariga “Qishloq xoʻjaligi fidoiysi”, “Ilgʻor fermer”, “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.