Shunga asosan Qarshi shahrida “Qoraqalpoq adabiyoti kunlari” boshlandi. Qarshi davlat universitetida Qoraqalpogʻistonlik mehmonlar musiqa sadolari ostida tantanali kutib olindi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, shoir Salim Ashur bunday adabiy anjumanlarning oʻtkazilishi ikki xalq oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi haqida gapirdi. Soʻngra, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov ushbu adabiy aloqalarning ahamiyati xususida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Baxtiyor Genjemuratov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi masʼul xodimi, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Xalila Daoʻletnazarov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari Gʻulom Abdiyev va boshqalar soʻzga chiqdilar.
Qashqadaryodagi “Qoraqalpoq adabiyoti kunlari” davom etmoqda.