Qashqadaryoda “Salomatlik sayli” davom etmoqda

    Sayilda Toshkent shahri, voha markazi va tuman tibbiyot birlashmasining malakali mutaxassislaridan iborat tibbiyot karvoni vakillari tuman madaniyat markazida jam boʻlgan 708 nafar kasbilikni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan «Salomatlik sayli» tadbiri Qashqadaryo viloyatida keng miqyosda oʻtkazilmoqda. Har kuni navbati bilan viloyatdagi tumanlarda sayilni tashkil etib kelayotgan tibbiyot karvonining navbatdagi manzili kuni kecha Kasbi tumanida boʻldi.

    Sayilda Toshkent shahri, voha markazi va tuman tibbiyot birlashmasining malakali mutaxassislaridan iborat tibbiyot karvoni vakillari tuman madaniyat markazida jam boʻlgan 708 nafar kasbilikni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi.

    Tibbiy koʻrik davomida aholi vakillarini qiziqtirgan savollariga ham javob berib, kerakli maslahatlar berildi. Shu bilan birga tibbiy ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar alohida roʻyxatga olinib, zarur tibbiy yordam berilishi uchun yoʻllanmalar beriladigan boʻldi.

    — Viloyat markaziga borib, shifokorlar koʻrigidan oʻtishga imkonim yoʻq edi, — deydi G.Ochilova. — Tumanimizga oʻzlarining kelgani men kabi koʻpchilikka juda maʼqul keldi. Shu yerning oʻzida nazoratdan oʻtkazib, kerakli maslahatlarini berishdi. Buning uchun barcha «Salomat sayili»ni tashkil etgan tashkilotchilarga rahmat aytamiz.

    Shuningdek, tadbir davomida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Bobur Teshayev, respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov, tuman hokimi Toʻxtamurod Meyliyev hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari aholi vakillari bilan muloqot oʻtkazishdi.

    «Salomatlik sayli» keyingi manzili vohaning navbatdagi tumanlarida davom ettirilmoqda.