Loyihaga koʻra, 10 gektar maydonda 50 ming kvadrat metrli zamonaviy zavod majmuasi hamda 2 ming kvadrat metrlik qoʻshimcha kvars qumini boyitish kompleksi barpo etilishi koʻzda tutilgan. Ushbu loyiha natijasida 600 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Kelgusida mazkur majmua oyiga 300 ming tonna shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Mahsulotlarni ichki bozor bilan bir qatorda Markaziy Osiyo va Afgʻoniston davlatlariga ham eksport qilish imkoniyati mavjud boʻladi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov investorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi, shuningdek, loyiha kelgusida barqaror ishlashida doimiy qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.