Qashqadaryoda taksist 17 yoshli qizga tegajogʻlik qildi

    Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida taksist yoʻlovchisi 17 yoshli qizga nisbatan jinsiy tegajogʻlik harakatlarini sodir etganligi boʻyicha Bolalar Ombudsmani oʻrganish olib bormoqda.

    Bolalar ombudsmani maʼlum qilishicha, hozirda voyaga yetmagan H.D. ga nisbatan jinsiy zoʻravonlik holati boʻyicha Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan oʻz kuzatuvini davom ettiradi.

    Bu borada qoʻshimcha ravishda axborot beriladi.