Shu bois kelgusi yil davomida viloyatda 370 million dollarlik 33 ta yirik loyiha ishga tushiriladi. Bu orqali tayyor trikotaj mahsulot ishlab chiqarish 1,6 barobar, mato ishlab chiqarish 3,1 barobar oshib, 8 mingta ish oʻrni yaratiladi.

Viloyatda Toʻqimachilik texnoparkini tashkil qilish va u yerga Yevropaning taniqli brendlarini olib kelish topshirildi.

Prezident bu yilgi mavsumdan toʻgʻri saboqlar chiqarib, qishloq xoʻjaligidagi yondashuvlarni ham oʻzgartirish vaqti kelganini koʻrsatib oʻtdi hamja hozirda kelgusi yildan boshlab fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash hamda hosilning shartnomadan ortiqcha qismini erkin sotish imkoniyatini berish masalasi muhokama qilinayotganini aytdi.