Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022-yil 7-noyabr kuni soat 09:45larda 4K-307 Shahrisabz-Miraki avtomobil yoʻlining 1-kilometrida yoʻlovchi avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Shahrisabz tumani yoʻnalishidan harakatlanib kelayotgan Isuzu haydovchisi N.A. rul boshqaruvini yoʻqotgan va avtobus agʻdarilib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻqligi aytilgan. Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasida Yakkabogʻ tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.