Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, bugun soat 14:40larda Qashqadaryo viloyati FVBga, Koʻkdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan gaz quyish shoxobchasi hududida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 14:45 da yetib borib, yongʻin soat 15:00 da oʻrab olingan va yongʻin soat 15:35 da oʻchirilgan.

FVB jabrlanganlar yoki halok boʻlgan fuqarolar haqida maʼlumot kelib tushmagan.