Lekin suv tejovchi texnologiyalar 515 ming gektardan atigi 16 foizida joriy qilingan.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish surʼati Kitob, Chiroqchi, Kasbi va Nishonda orqada. Koson, Mirishkor, Kasbi va Nishonda yerni lazerli tekislashga eʼtibor berilmayapti.

Shu bois, viloyatga 15 ta lazerli tekislash texnikasi olib kelinib, suv taʼminoti ogʻir Koson, Mirishkor, Kasbi va Nishonda dehqonlarga arzon va sifatli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Sugʻorish tarmogʻini bosqichma-bosqich yopiq tizimga oʻtkazib, 30 foiz suvni tejash mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga 50 kilometr kanallarni betonlash loyihasini boshlash, qoʻshimcha nasos va texnika olish, “Paxtaobod” kanalini modernizatsiya qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.