Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Koʻplab qulayliklarga ega boʻlgan bunday zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari tizimda ishlayotgan xodimlar ishini yanada osonlashtirib, ularning chaqiriqlarga tezkor yetib borishi va bemorlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatishiga zamin yaratadi.
Taʼkidlanishicha, 2022–2025-yillarda respublika boʻyicha 2240 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 225 ta tez tibbiy yordam avtomobillarini yangilash koʻzda tutilgan.
Shunga koʻra, ayni vaqtga qadar viloyatda zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari soni 135 taga yetdi. Ularning 91 tasi “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomobillari hisoblanadi.