Qashqadaryo viloyatida prokuratura tomonidan tergovga jalb etilgan shaxs qochib ketdi, deb xabar berdi viloyati IIB axborot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar, “Gungon” MFYda yashovchi Sh.D. bezorilik, tan jarohati etkazish va yana boshqa qonunbuzarliklarni sodir etgani uchun tergovga jalb etilgan. Biroq u tergovdan qochgani sabab unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida u Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanida ushlangan.