Qashqadaryolik 87 nafar yosh san'at va madaniyat OTMlariga tavsiya qilindi

    Viloyat hokimi tavsiyasiga ko'ra 87 nafar yosh san'at va madaniyat OTMlarida tahsil oladi

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston yoshlar forumidagi ma'ruzasida viloyat hokimlariga madaniyat va san'at sohasidagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni oliy ta'lim oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan o'qitish va o'z hududida uy-joy va mutaxassisligi bo'yicha ish bilan ta'minlash choralarini ko'rish vazifasi topshirilgan edi.

    Viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ayni shu maqsadda Qashqadaryo vohasining shahar va tumanlaridan kelgan, yurtimiz madaniy muhitiga o'z hissasini qo'sha oladigan 100 nafarga yaqin iqtidorli hamda ijodkor yoshlar bilan suhbat o'tkazdi va ularning 87 nafari san'at va madaniyat OTMlariga qabul qilishga tavsiya etildi.