Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi, Markaz rahbarlari va bir guruh Hokim yordamchilari Surxondaryo viloyatida hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, oʻzaro tajriba almashish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.

Delegatsiyaga viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari F.Mamanov boshchilik qilib, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Mehmonlar dastlab Sherobod tumanidagi ulugʻ muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziy ansambliga tashrif buyurdi. Shundan soʻng, Termiz tumanidagi «Termiz kargo» xalqaro logistika markazida hamda Angor va Sherobod tumanlarida aholi tomorqachiligi va qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Azimbek Samadov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri