Dastur AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi moliyaviy koʻmagida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va AQSHning George Mason universiteti hamkorligida xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur dasturning maqsadi Oʻzbekistondagi maktablarni boshqarish sohasidagi rahbarlik islohotlarini ilgari surishdir. Ikki yillik dastur maqsadli kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish orqali rahbarlar va taʼlim xodimlarining kasbiy salohiyatini, jumladan, taʼlim sohasida yetakchilik koʻnikmalarini oshirishga qaratiladi.
Unga koʻra, qashqadaryolik maktab rahbarlari AQSHda malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻldi.