Qashqadaryoning tuman va shahar hokimlari ish faoliyatiga qaytdi

    Mamlakatimizda 28 Yanvar 2021 2210

    Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qashqadaryo hokimlari ta'tildan qaytishdi va bugundan ish faoliyatlarini boshlashdi. Shuningdek, viloyat hokimi o'rinbosarlarining ham mehnat ta'tili tugadi.

    Xabar qilganimizdek, tarixda ilk bor Qashqadaryo viloyatining tuman va shahar hokimlari bir vaqtda davolanish ta'tiliga chiqishgan edi.

    Bundan 10 kun avval, o'rinbosarlar va hokimlar davolanish ta'tilida ekanligi sababli tajriba sifatida vaqtinchalik ularning o'rnini istiqbolli yoshlar egallagani xabari ham berilgandi.