Qarshi shahrining aylanma yoʻli 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.
“Qarshi – Pomuq” va “Gʻuzor – Beynau” yoʻllaridagi temir yoʻl kesishmalarida poyezd oʻtayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard soʻm boʻlgan ikkita zamonaviy yoʻl oʻtkazgich quriladi.