Maʼlum qilinishicha, holat Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida boʻlgan. Bir guruh erkaklar Nexia, Damas va Cobalt avtomobillarida qiyġos gullagan lolazorni qasddan payhon qildi.
Oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, qonunchilikka muvofiq maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Uchala huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (20 mln 600 ming soʻmdan), jami 61 mln 800 ming soʻm jarima tayinlandi.
Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda toʻlashi belgilandi, deyiladi Ekologiya qoʻmitasi xabarida.