Maʼlumki, joriy yil oxirida Qatarda futbol boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Bugungacha ushbu nifuzli turnirda ishtirok etadigan 30 terma jamoa nomi maʼlum. Ular Germaniya, Daniya, Belgiya, Fransiya, Xorvatiya, Ispaniya, Serbiya, Angliya, Shveysariya, Niderlandiya, Portugaliya, Polsha, Uels, Braziliya, Argentina, Urugvay, Ekvador, AQSH, Meksika, Kanada, Qatar, Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Gana, Senegal, Tunis, Marokash va Kamerun.

Bugun va ertaga esa qolgan ikki jamoa nomi ham aniq boʻladi. 13-iyun kuni Peru va Avstraliya 31 yoʻllanma uchun, 14-iyun kuni esa Kosta-Rika va Yangi Zelandiya soʻnggi yoʻllanma uchun kurashadi.