Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasida havo qatnovi orqali yuk va yoʻlovchi tashuvlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar poytaxtlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 4 tadan 7 taga olib chiqish, shuningdek, kelgusida Doxa va Oʻzbekistonning viloyat aeroportlarini bogʻlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Muhammad Faleh Al Hajri janoblari “Qatar airways” aviakompaniyasining Oʻzbekistonga parvozlari Doxa va Toshkent xalqaro aeroportlarini tranzit aviayoʻlovchilar uchun kelgusida eng maqbul yoʻnalish sifatida tanlashlari uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.