Qatar Isroildan G'azoda tinchlik o'rnatish uchun yozma kafolatlar berishni so'radi

    Qatar Isroildan SAXALning G'azo sektoridagi harbiy amaliyotlarini qayta boshlamasligi haqida yozma kafolatlar berishini kutmoqda. Bu haqda Yaqin Sharq OAVlari Qatar TIV vakili Majed al-Ansoriyning bayonotiga tayanib xabar berdi.

    Uning ta'kidlashicha, Qatar Falastin-Isroil tinchlik kelishuvining garovga olinganlarni qaytarish, falastinlik asirlarni ozod qilish, harbiy harakatlarni to'xtatish va qo'shinlarni sektordan olib chiqib ketish kabi muzokaralar olib borilgan shartlariga rioya etilishini ta'minlashni xohlaydi.

    Al-Ansoriyning qayd etishicha, hozir muhokama qilinayotgan Tramp rejasi aholini G'azodan ko'chirishni istisno qiladi, shuningdek, anneksiya va bosib olish haqidagi gap-so'zlarga chek qo'yadi.

    Qatar Bosh vaziri Muhammad Abdulrahmon Al-Tani Isroil va HAMAS o'rtasida davom etayotgan bilvosita muzokaralarga qo'shilish uchun bugun Misrga kelishi kutilmoqda.

    29-sentabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokara o'tkazdi. Muzokaralar yakunida G'azo mojarosi bo'yicha 21 banddan iborat tinchlik rejasi qabul qilindi. Netanyaxu shuningdek, Bosh vazir Muhammad Abdulrahmon Al-Tani bilan telefon orqali suhbatda Dohaga raketa hujumi uchun Qatardan uzr so'radi, deb xabar berdi report.az.