Kompaniya vitse-prezidenti Ahmad al-Kuvariy binolar, turar-joy inshootlari, zamonaviy uy-joylar, savdo-ko'ngilochar majmualar, omborlar, sanoat korxonalari va shifoxonalar qurishga ixtisoslashgan «Bin Twar & Partner’s Group» guruhi faoliyati bilan tanishtirdi. Kompaniya Turkiyada o'z ofisiga ega va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida turli loyihalarni amalga oshiradi.
Qatar vakili O'zbekistonda zamonaviy turar-joy binolari, savdo-ko'ngilochar majmualari va sanoat ob'ektlarini qurish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Tadbirda mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida Ahmad al-Kuvariy boshchiligidagi «Bin Twar & Partner’s Group» guruhi delegatsiyasining O'zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.