баннер
21 Mar 2025
14:37

    Qatar oʻzbekistonliklarni savdo sohasida ishga taklif qilmoqda

    Qatarning “Jusour” rekruting tashkiloti “duty-free” savdo tarmoqlarida savdo yordamchisi sifatida ishlamoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda.

    Migratsiya agentligining xabar berishicha, ish oʻrinlari 200 ta boʻlib, qabul qilinganlarga 700−750 dollardan oylik toʻlanadi.

    Shuningdek, nomzodlar 21 yoshdan yuqori boʻlishi, ingliz tilida erkin muloqot qila olishi (kamida B1 darajada, rus tilini bilish ustunlik beradi), savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish sohasida kamida 2-yillik tajriba ega boʻlishi, sudlanmagan va Oʻzbekistondan chiqishga taqiq boʻlmasligi kerak.

    Qatarga borish xarajatlari, ishchi viza, tibbiy sugʻurta, mahalliy transport kartasi yoki toʻlovlari, yotoq joy, oziq-ovqat xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

    Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtiladi va CV shakllantiriladi. Buning uchun qoʻllanma:

    “Roʻyxatdan oʻtish ishga joylashishni kafolatlamaydi, nomzodlar ish beruvchilar tomonidan talabnoma kelib tushganda tanlovda ishtirok etadi“, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech