Shu yilning oxirida Qatarda start oladigan futbol boʻyicha jahon chempionati oʻyinlari paytida stadionlarda spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi.

Reuters xabarida aytilishicha, muxlislar stadionga kirishdan oldin va undan chiqqandan keyin pivo ichishlari mumkin, ammo oʻyinlar vaqtida arenalarda spirtli ichimliklar sotilmaydi.

Shuni aytib oʻtib oʻtish lozimki, cheklangan vaqtda pivo savdosi Dohadagi FIFA muxlislar zonasining maʼlum qismlarida maxsus belgilangan hududlarda amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, Qatarda jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish, shuningdek, mamlakatga olib kirish taqiqlangan. Tashrif buyuruvchilar ularni faqat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan bir nechta mehmonxona va klublarda sotib olishlari mumkin.