баннер
25 Apr 2025
15:20

    Qatar vaziri elchimiz bilan uchrashdi

    Qatar axborot agentligi “QNA” Xalqaro hamkorlik boʻyicha davlat vaziri Maryam bint Ali bin Nosir Al-Misnad Oʻzbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xoʻjayev bilan uchrashganini yoritdi.

    Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, yangi hamkorlik yoʻnalishlari hamda umumiy manfaatdorlik bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilgan.

    Oʻzbekiston – Qatar strategik sherikligi doirasidagi loyiha va tashabbuslarni jadallashtirish, ayniqsa global va umumiy ustuvorlik kasb etadigan jihatlarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlangan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech