Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES Football Observatory) Qatar-2022 jahon chempionatining eng qimmat tarkibga ega jamoalari roʻyxatini tuzdi.
Unga koʻra, Angliya terma jamoasining umumiy tarkibi bahosi eng qimmati sifatida qayd etilgan. Garet Sautgeyt shogirdlarining umumiy bahosi – 1,499 milliard yevroni tashkil etgan.
Shuningdek, bu boradagi kuchli beshlikdan Braziliya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ham oʻrin olgan.
JCH-2022ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari oʻnligi:
1. Angliya – 1,499 mlrd yevro;
2. Braziliya – 1,455 mlrd yevro;
3. Fransiya – 1,337 mlrd yevro;
4. Ispaniya – 1, 201 mlrd yevro;
5. Portugaliya – 1,154 mlrd yevro;
6. Germaniya – 1,020 mlrd yevro;
7. Niderlandiya – 756 mln yevro;
8. Argentina – 748 mln yevro;
9. Urugvay – 590 mln yevro;
10. Belgiya – 562 mln yevro.
Eslatib oʻtamiz, JCH-2022 bahslari 20-noyabrdan start oladi. Turnir 18-dekabrga qadar davom etadi.