Qatarda yurtimiz bayrogʻi hilpiray boshladi

    Xalqaro hamkorlik 12 Dekabr 2023 660

    Bugun Dohada Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining telegramdagi sahifasida maʼlum qildi.

    «Qatarda yurtimiz bayrogʻi hilpiray boshladi. Mamlakatlarimiz rahbarlari saʼy-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlarimiz misli koʻrilmagan darajada rivojlanmoqda.

    Joriy yil may oyida Toshkentda Qatar Davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi. Shubhasiz, ushbu elchixonalar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.