Xususan, Investitsiyalar va sanoat vaziri Muhammad at-Tani bilan bo‘lib o‘tgan samarali suhbat davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini aloqalarni mustahkamlash, sarmoyaviy va sanoat kooperatsiyasini oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Qatarning yirik kompaniya rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Qatar kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etgan holda O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Mamlakatimizning sarmoyaviy va sanoat salohiyati namoyish etildi va keyingi yillarda sarmoyaviy faoliyat uchun yaratilgan qulay sharoitlar qayd etildi.
Qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, «yashil» energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, maishiy kimyo, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida loyihalarni amalga oshirish hamda moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi.
Uchrashuvlar yakuni Qatar ishbilarmon doirasining O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi yuqori ekanligini, O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish va biznes geografiyasini kengaytirish uchun jozibador yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqladi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.