Hujjat loyihasiga ko'ra, respublikamizdagi yirik shaharlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib va ulardagi yuqori demografik holat sabab yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga shaharsozlik hamda urbanizatsiya tamoyillari asosida echimlarni shakllantirish belgilangan. SHu maqsadda, quyidagi shaharlarga “yo'ldosh-shaharlar” maqomi berilmoqda:
- Andijon shahri uchun SHahrixon va Asaka shaharlari;
- Namangan shahri uchun To'raqo'rg'on va CHortoq shaharlari;
- Farg'ona shahri uchun Mindon shaharchasi;
- Samarqand shahri uchun CHelak va Urgut shaharlari;
- Buxoro shahri uchun Gala-Osiyo shahri;
- Qarshi shahri uchun Koson va Xonabod shaharlari;
- Nukus shahri uchun Xo'jayli va Tahiatosh shaharlari.
Ma'lumot uchun, shaharlarning shaharsozlik nazariyasi va amaliyotida yo'ldosh shaharlar – bu markaz shaharlarida aholining haddan tashqari yuqori zichligi va iqtisodiy faoliyati bosimini “kamaytirish” maqsadida ma'lum bir sanoat ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy o'ziga tortuvchi maskanlarni shahar markazidan tashqarida joylashgan alohida hududga olib chiqish uchun maxsus ishlab chiqilgan loyiha bo'yicha yaratilgan, yoki qayta rivojlantirilayotan shaharcha hisoblanadi.
Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 20 sanasiga qadar davom etadi.