Reytinglar mamlakatdagi inson huquqlari himoyasi, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy oʻsish kabi muhim jihatlarga koʻzgu tutadi.
2022-yilda eʼlon qilingan xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻz oʻrnini yaxshiladi. Masalan, GovTech Enablers indeksining raqamli koʻnikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar koʻrsatkichi boʻyicha dunyoda 4-oʻrinni egallab, oʻtgan yilga nisbatan 65 pogʻonaga koʻtarildi.
Jahon banki tomonidan Davlatlarning texnologik tayyorgarligi indeksi (GovTech Maturity Index)da mamlakatimiz 198 davlat orasida 43-oʻrinni egallab, 37 pogʻonaga koʻtarildi.
Matbuot erkinligi indeksida Oʻzbekiston birdan 24 pogʻonaga yuqoriladi — 157-oʻrindan 133-oʻringa.