Portal ma’lumotlariga qaraganda, Angliya terma jamoasi o‘yinchilarining umumiy bahosi 1 milliard 210 million yevroni tashkil etadi. Ro‘yxatning ikkinchi pag‘onasini Fransiya termasi egallagan. Fransuz futbolchilarining bahosi 1 milliard 180 million yevro. Kuchli uchlikni 902 million yevro bilan Portugaliya milliy termasi band etgan.
Shuningdek, qimmat o‘nlikdan Braziliya (889,5 million yevro), Germaniya (772,5 million yevro), Argentina (681 million yevro), Ispaniya (660 million yevro), Niderlandiya (597,5 million yevro), Italiya (545,5 million yevro) va Norvegiya (416,3 million yevro) joy olgan.